Qo‘qon universitetida BMIlarning dastlabki himoyasi bo‘lib o‘tdi
Otabek Mamajonov 25.05.2026 48 marta ko'rilgan

Qo‘qon universiteti Xalqaro turizm va iqtisodiyot kafedrasida “Moliya”, “Iqtisodiyot” hamda “Turizm” ta’lim yo‘nalishlari bitiruvchi bosqich talabalari ishtirokida BMI (Bitiruv malakaviy ishi)larning dastlabki himoya jarayonlari bo’lib o’tdi.
Talabalar o‘z ilmiy izlanishlari, tahliliy yondashuvlari va amaliy takliflari bilan qatnashib, professor-o‘qituvchilar hamda mutaxassislar tomonidan berilgan savollarga javob berdilar.
Dastlabki himoya jarayonlari orqali BMI ishlari mazmunan boyitilib, ilmiy va amaliy jihatdan takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.



#yangiliklar



