+(998) 73 545-55-55

"Kokand University"

Xabarlar

Barcha yangiliklar

Qo‘qon universitetida Dehkanov Sherzod Munavvarovich hamda Rasulov Xamidjon Yakubovich "Qo‘qon" art rezidensiyasi rahbariyati tomonidan taqdirlandi.

03.07.2025 197 marta ko'rilgan
Qo‘qon universitetida Dehkanov Sherzod Munavvarovich hamda   Rasulov Xamidjon Yakubovich "Qo‘qon" art  rezidensiyasi rahbariyati tomonidan taqdirlandi.

 Qo‘qon universiteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori Dehkanov Sherzod Munavvarovich hamda Xalqaro turizm va iqtisodiyot kafedrasi mudiri Rasulov Xamidjon Yakubovich "Qo‘qon" art rezidensiyasi rahbariyati tomonidan tashakkurnoma va qo‘l mehnati asosida yaratilgan san’at asarlari bilan taqdirlandi.

    Ushbu e’tirof ikki tashkilot o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan samarali hamkorlik, talabalar amaliyotini sifatli tashkil etish va ijodiy aloqalarni mustahkamlash yo‘lida olib borilayotgan faol sa’y-harakatlar uchun bildirilgan minnatdorchilikdir.

    Bu kabi tashabbuslar universitet va madaniyat muassasalari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni yanada mustahkamlab, yoshlarda ijodkorlik va san’atga bo‘lgan qiziqishni oshirishga xizmat qiladi.

#yangiliklar