Qo‘qon universitetida kibersport musobaqalarining saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi

Bugun Qo‘qon universitetida Qo‘qon shahridagi maktab bitiruvchilari o‘rtasida Counter-Strike 1.6 hamda PUBG Mobile yo‘nalishlari bo‘yicha kibersport musobaqalarining saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur musobaqa yoshlar o‘rtasida kibersportni rivojlantirish va ommalashtirish, iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash, shuningdek, ularning zamonaviy raqamli texnologiyalar va innovatsion yo‘nalishlarga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida tashkil etildi.
Saralash bosqichi davomida ishtirokchilar o‘zaro bellashib, nafaqat o‘yin mahoratini, balki jamoaviy ishlash, strategik fikrlash hamda tezkor qaror qabul qilish ko‘nikmalarini ham namoyon etdilar. Musobaqa jarayonlari qizg‘in va murosasiz bahslarga boy tarzda kechdi.
Saralash bosqichi yakunlariga ko‘ra, eng kuchli ishtirokchilar final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.






