Qo‘qon universitetida malakaviy imtihonlar bo‘lib o‘tdi

Bugungi kunda O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida ilmiy salohiyatni oshirish, zamonaviy ilmiy izlanishlarni rag‘batlantirish va ilm-fan taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadigan mutaxassislarni tayyorlash muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu munosabat bilan, Qo‘qon universitetida Oliy ta’limdan keyingi ta’lim bosqichida tahsil olayotgan izlanuvchilar uchun malakaviy imtihonlar tashkil etildi.
Ushbu imtihonlar – izlanuvchilarning tanlagan ixtisosligi bo‘yicha chuqur nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini baholashga xizmat qiladi. Imtihon jarayonlari universitetning malakali professor-o‘qituvchilari va tegishli fan sohalari mutaxassislari ishtirokida yuqori saviyada o‘tkazildi.
Izlanuvchilar turli yo‘nalishlarda – filologiya, pedagogika, iqtisodiyot va boshqa ko‘plab ixtisosliklar bo‘yicha malakaviy imtihonlar topshirib, o‘z ilmiy faoliyatlarining navbatdagi bosqichiga yo‘l olishdi.







