+(998) 73 545-55-55

"Kokand University"

Xabarlar

Barcha yangiliklar

Qo‘qon universitetida ota-onalar bilan uchrashuvlar davom etmoqda

Otabek Mamajonov 06.04.2026 100 marta ko'rilgan
Qo‘qon universitetida ota-onalar bilan uchrashuvlar davom etmoqda

Qo‘qon universitetining Ta’lim fakulteti, Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabalari hamda ularning ota-onalari ishtirokida navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida yuqori GPA ko‘rsatkichlariga ega, namunali xulq-atvori va faolligi bilan ajralib turgan lider talabalar e’tirof etildi. Ularning ota-onalariga tashakkurnomalar hamda esdalik sovg‘alar tantanali ravishda topshirildi.  Mazkur uchrashuvlar ota-onalar bilan hamkorlikni mustahkamlash, talabalar yutuqlarini e’tirof etish va ta’lim sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi. Shuningdek, ota-onalar bilan bunday uchrashuvlarni universitetning barcha yo‘nalishlari kesimida bosqichma-bosqich o‘tkazish rejalashtirilgan.photo_2026-04-06_14-22-10.jpgphoto_2026-04-06_14-16-57.jpg

#yangiliklar