Qo‘qon universitetida ota-onalar bilan uchrashuvlar davom etmoqda

Qo‘qon universitetining Turizm va iqtisodiyot fakulteti, Xorijiy til va adabiyoti, Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili) yo‘nalishi talabalari hamda ularning ota-onalari ishtirokida navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida yuqori GPA ko‘rsatkichlariga ega, namunali xulq-atvori va faolligi bilan ajralib turgan lider talabalar e’tirof etildi. Ularning ota-onalariga tashakkurnomalar hamda esdalik sovg‘alar tantanali ravishda topshirildi. Mazkur uchrashuvlar ota-onalar bilan hamkorlikni mustahkamlash, talabalar yutuqlarini e’tirof etish va ta’lim sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi. Shuningdek, ota-onalar bilan bunday uchrashuvlarni universitetning barcha yo‘nalishlari kesimida bosqichma-bosqich o‘tkazish rejalashtirilgan.






