Qo'qon Universitetida O‘zbekiston Xalq yozuvchisi Xayriddin Sulton qalamiga mansub "Yaldo kechasi" romanining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbir Qo‘qon shahar hokimligi, shahar Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Axborot-kutubxona markazi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamkorligida tashkil etildi.
Unda Respublika “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari Muhammadrasul Kimsanboyev, Ahmadjon Ismoilov, Hurriyatxon Hasanova, Fotimaxon Umarova hamda shahar Yozuvchilar uyushmasi vakillari, taniqli yozuvchilar Azam Naziriy, Nosir Zohid, Madaniyat faxriysi Bahromjon Usmonovlar ishtirok etdilar. Tadbirni Qo'qon Universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, professor Zeboxon Qobilova olib bordi.
Taqdimot davomida so‘zga chiqqanlar tomonidan asarning yaratilish tarixi, mazmun-mohiyati hamda adabiy jarayondagi o‘rni haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.







