Qo‘qon universitetida professor-o‘qituvchilar uchun seminar-trening bo‘lib o‘tmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasining mazmun-mohiyatini yetkazish hamda unda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Qo‘qon universitetida professor-o‘qituvchilar uchun seminar-trening bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur seminar-trening professor-o‘qituvchilarning kasbiy malakasini oshirishga qaratilgan bo‘lib, unda zamonaviy ta’lim metodlari, o‘quv jarayonida innovatsion yondashuvlar hamda pedagogik mahoratni rivojlantirishga oid dolzarb mavzular muhokama qilinmoqda.Seminar-treningning birinchi kungi mehmoni — Jumayev Nodir Hosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati bo‘ldi. O‘z ma’ruzasida ta’lim va iqtisodiyot integratsiyasi, zamonaviy bilimlarning amaliy ahamiyati hamda oliy ta’limda samaradorlikni oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratdi.
Seminar-trening professor-o‘qituvchilarning bilim va ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Ma’lumot uchun: seminar-trening 5–9-yanvar kunlari bo‘lib o‘tadi.







