+(998) 73 545-55-55

"Kokand University"

Xabarlar

Barcha yangiliklar

Qo‘qon universitetida Qirg‘iziston Xalqaro Universiteti vakillari mehmon bo‘ldi

Otabek Mamajonov 06.11.2025 135 marta ko'rilgan
Qo‘qon universitetida Qirg‘iziston Xalqaro Universiteti vakillari mehmon bo‘ldi

Qo‘qon universitetida Qirg‘iziston Xalqaro Universitetining vakillari – Naris Kubanychbekova, Batyrbek Akylbekov va Kylchbek Erkinbekov mehmon bo‘ldilar.

Tashrif davomida mehmonlar universitet rahbariyati, fakultet dekanlari va kafedra o‘qituvchilari bilan uchrashuv o‘tkazdilar. Uchrashuvda ikki oliygoh o‘rtasida ta’lim va ilmiy tadqiqot sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, talaba va o‘qituvchilar almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish, hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, Naris Kubanychbekova Qo‘qon universitetining Iqtisodiyot yo‘nalishi talabalariga “Xalqaro savdo” fanidan ma’ruza darsi o‘qib berdi. Dars davomida talabalar xalqaro iqtisodiy munosabatlar bo‘yicha yangi bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.

Tashrif yakunida tomonlar hamkorlikni yanada mustahkamlash va akademik almashinuvni kengaytirish bo‘yicha kelishuvlarga erishdilar hamda istiqboldagi hamkorlik shartnomalarini imzolash rejalari belgilandi.

 

 

photo_2025-11-18_15-24-30.jpg

#yangiliklar