+(998) 73 545-55-55

"Kokand University"

Xabarlar

Barcha yangiliklar

Qo‘qon universitetida “She’riyat kechasi” bo‘lib o‘tdi

Otabek Mamajonov 29.05.2025 25 marta ko'rilgan
Qo‘qon universitetida “She’riyat kechasi” bo‘lib o‘tdi

Qo‘qon universitetida “She’riyat kechasi” bo‘lib o‘tdi 2025-yil 29-may kuni Qo‘qon universiteti hamda Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti o‘rtasidagi hamkorlik memorandumiga asosan unutilmas “She’riyat kechasi” tashkil etildi. Tadbir mehmoni – mashhur ijodkor, shoir Botir Ergashev bo‘ldi. Kechada shoirning boy ijodi, uning she'rlaridagi badiiy mahorat va ruhiy teranlik yuzasidan qiziqarli suhbatlar olib borildi. Talabalar va mehmonlar Botir Ergashev bilan bevosita muloqotda bo‘lib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga shaxsan javob olishdi. Tadbir davomida she’rlar tinglandi, adabiy muhit va ilhom baxsh etuvchi suhbatlar barchada katta taassurot qoldirdi. “She’riyat kechasi” ishtirokchilarda adabiyotga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi va ruhiy-ma’naviy boylik manbai bo‘ldi.

#yangiliklar