Qo‘qon universitetida sog‘lom turmush sari ilk qadam muvaffaqiyatli yakunlandi!

Qo‘qon universitetida sog‘lom turmush sari ilk qadam muvaffaqiyatli yakunlandi! Qo‘qon universitetida talabalarning salomatligini mustahkamlash, tibbiy bilimlarini oshirish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga qaratilgan “Sog‘lom turmush tarzi va tibbiy tayyorlov” kursi o‘z nihoyasiga yetdi! Kurs davomida talabalar: Birinchi tibbiy yordam, kundalik sog‘liqni nazorat qilish, gigiyena qoidalari kabi tibbiy bilimlarning asoslarini o‘rgandilar; Sog‘lom ovqatlanish, jismoniy faollik va ruhiy salomatlik bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarda faol ishtirok etdilar; Malakali shifokorlar, sport murabbiylari va psixologlar bilan ochiq muloqotlar olib bordilar; Shahar tibbiyot muassasalarida amaliyot o‘tash orqali nazariy bilimlarini amaliyot bilan boyitdilar. Kurs yakunida barcha ishtirokchilar maxsus sertifikatlar bilan taqdirlandi. Bu loyiha talabalarning sog‘lig‘ini mustahkamlash, tibbiy savodxonligini oshirish va sog‘lom turmush tarzini kundalik hayotga joriy etishda muhim qadam bo‘ldi.



