Qo‘qon universitetida sport haftaligi doirasida Stol tennis musobaqasi start oldi!

Talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, jismoniy faollikni oshirish hamda ommaviy sport madaniyatini shakllantirish maqsadida Qo‘qon universitetida sport haftaligi o‘tkazildi.Mazkur yo‘nalish bo‘yicha o‘tkazilgan bellashuvlarda 30 nafar talaba-yoshlar faol ishtirok etdi.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra:
1-o‘rin: Ibrohimov Javohir
2-o‘rin: Xodjayev Avazxon
3-o‘rin: Shorahimov Samandar
Musobaqa ishtirokchilari yuqori tayyorgarlik,epchillik, tezkor fikrlash va g‘alabaga bo‘lgan intilishlarini namoyon etdilar.G‘olib va sovrindorlar sport haftaligi doirasidagi tadbirlarning mazmunli vasamarali tashkil etilganini yana bir bor tasdiqladilar.
Barcha talabalarni faol ishtirok etishga, jamoalarini qo‘llab-quvvatlashga va sport bayramini birgalikda yuqori kayfiyatda o‘tkazishga chorlab qolamiz!



0



