Qo‘qon universitetida Ta’lim fakulteti professor-o‘qituvchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Otabek Mamajonov 28.10.2025 264 marta ko'rilgan

Bugun Qo‘qon universitetida direktor Zoxidov G‘afurjon Erkinovich boshchiligida Ta’lim fakulteti professor-o‘qituvchilari bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida ta’lim sifatini oshirish, talabalarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini yanada yaxshilash, o‘quv jarayonini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, G‘afurjon Erkinovich professor-o‘qituvchilarni o‘quv yili davomida erishilgan yutuqlar bilan tabriklab, ta’lim jarayonida ilg‘or tajribalarni joriy etish, talabalar bilan samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish va fakultetning ilmiy salohiyatini oshirish bo‘yicha tavsiyalar berdi.




#yangiliklar



