Qo‘qon universitetida voleybol musobaqasi o‘tkaziladi!

Qo‘qon universitetida faoliyat olib borayotgan ayol professor-o‘qituvchilar hamda ayol ishchi-xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoaviylikni mustahkamlash va sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish maqsadida voleybol musobaqasi tashkil etilmoqda.
Musobaqa mavzusi:
“Sog‘lom tana — sog‘lom tafakkur”
Ishtirokchilar:
Universitetning barcha ayol professor-o‘qituvchilari va ayol ishchi-xodimlari
O‘tkazilish sanasi:
20-Aprel , 16:00
O‘tkazilish joyi:
Qo‘qon universiteti sport majmuasi
Murojat uchun:
Talim kafedrasi dotsent v.b. Mohichehra Ramazonova va Rahmonjon Ashuraliyev
G‘olib jamoalar universitet rahbariyati tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
Barcha ishtirokchilarni faol qatnashishga chorlab qolamiz!




