+(998) 73 545-55-55

"Kokand University"

Xabarlar

Barcha yangiliklar

Qo‘qon universitetida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi

Otabek Mamajonov 10.10.2025 477 marta ko'rilgan
Qo‘qon universitetida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi

Qo‘qon universitetida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi

Qo‘qon universitetida “Pedagogika va psixologiyani o‘qitishda innovatsion va raqamli texnologiyalarning o‘rni” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Mazkur konferensiyaning asosiy maqsadi — pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirish, zamonaviy ta’lim jarayonidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganish va ilmiy hamkorlikni rivojlantirishdan iborat bo‘ldi. Tadbir zamonaviy ta’limni tashkil etuvchi bir qator muhim g‘oyalarni o‘zida mujassam etdi.

Konferensiyada O‘zbekiston, AQSh, Ozarbayjon, Tojikiston va Qirg‘iziston kabi mamlakatlardan ilmiy tadqiqotchilar, professor-o‘qituvchilar hamda yosh olimlar ishtirok etdilar. Anjumanga 100 dan ortiq ilmiy maqolalar taqdim etilib, ular saralash jarayonidan o‘tkazildi. Tadbir davomida raqamli texnologiyalarni ta’lim jarayonlariga joriy etish, psixologiyada sun’iy intellektdan foydalanish, shuningdek AR/VR texnologiyalari va STEAM yondashuvining zamonaviy ta’limdagi o‘rni kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi. Konferensiya yosh tadqiqotchilar uchun tajriba almashish, yangi ilmiy yondashuvlarni o‘rganish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qildi.  Zamonaviy texnologiyalar davrida ta’lim va psixologiyani raqamlashtirish nafaqat dolzarb masala, balki ertangi kunning barqaror taraqqiyotini ta’minlovchi omil sifatida e’tirof etildi. Qo‘qon universiteti ushbu yo‘nalishda yetakchi ilmiy markazlardan biri sifatida o‘z o‘rnini yanada mustahkamlab bormoqda. Tadbir yakunida eng faol ishtirokchilar sertifikat va tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar. Shuningdek, konferensiyada taqdim etilgan maqolalar ilmiy to‘plam shaklida chop etilishi belgilandi. Umid qilamizki, ushbu anjuman pedagogika va psixologiya sohasining yanada rivojlanishiga munosib hissa qo‘shadi. 

 

photo_2025-10-10_18-01-10.jpg

photo_2025-10-10_18-01-04.jpg

photo_2025-10-10_18-01-02.jpg

photo_2025-10-10_18-01-13.jpgphoto_2025-10-10_18-01-20.jpg

photo_2025-10-10_18-01-15.jpg

photo_2025-10-10_18-01-06.jpg

#yangiliklar