Qo‘qon universitetida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–5112, PQ–6270 qarorlari hamda PF–6097 Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Qo‘qon universitetida “Globallashuv sharoitida ona tili va adabiyotning ijtimoiy ahamiyati va uni saqlash tamoyillari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda mamlakatimizning turli hududlaridan taniqli tilshunos va adabiyotshunos olimlar, ijodkorlar, professor-o‘qituvchilar hamda xorijiy hamkor ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etdilar.
Konferensiyada globallashuv jarayonida ona tilining o‘rni, milliy adabiyotning ma’naviyatni shakllantirishdagi roli, yosh avlodni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash masalalari yuzasidan ilmiy fikr-mulohazalar bildirildi.
Shuningdek, ishtirokchilar tomonidan o‘zbek tilining xalqaro nufuzini oshirish, madaniy merosni asrab-avaylash va uni jahon miqyosida targ‘ib etish yo‘nalishida muhim taklif va tavsiyalar ilgari surildi.
Mazkur konferensiya ona tilimiz va adabiyotimizning ijtimoiy ahamiyatini yanada chuqurroq anglash hamda ularni saqlash va rivojlantirish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi.







