Qo‘qon universitetida xotin-qizlar masalalariga bag‘ishlangan muhim tadbir o‘tkazildi

Qo‘qon universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 3-martdagi PF–33-sonli “Ayollar va bolalar huquqlarining himoyasini kuchaytirish hamda ularga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy-huquqiy choralar to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda.
Navbatdagi uchrashuvda Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish bo‘yicha hududiy markaz rahbari Jamila Axmedova, Qo‘qon shahar hokim o‘rinbosari Nigora Ergasheva hamda Qo‘qon universiteti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi a’zolari ishtirok etdilar.
Tadbir davomida erta turmushning oldini olish, xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlariga qarshi kurashish, oila institutini mustahkamlash masalalari yuzasidan batafsil tavsiyalar berildi. Uchrashuvda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasidagi dolzarb vazifalar alohida ta’kidlandi.
Shuningdek, ishtirokchilar tomonidan mazkur yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar, mavjud muammolar va ularning yechimlari yuzasidan fikr almashildi.






