+(998) 73 545-55-55

"Kokand University"

Xabarlar

Barcha yangiliklar

Qo‘qon universitetining bir guruh professor-o‘qituvchilari va xodimlari taqdirlandilar

Abdullah Bahromov 29.08.2026 45 marta ko'rilgan
Qo‘qon universitetining bir guruh professor-o‘qituvchilari va xodimlari taqdirlandilar

 Farg‘ona shahridagi viloyat axborot-kutubxona markazida yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish hamda ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishlarda samarali faoliyat yuritayotgan bir guruh soha vakillarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tantanali tadbirda Qo‘qon universitetining bir guruh professor-o‘qituvchilari va xodimlari ham samarali mehnati, ta’lim-tarbiya va ijtimoiy-ma’naviy sohadagi munosib hissasi uchun “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandilar.

Taqdirlangan professor-o‘qituvchilarimiz va xodimlarimizni ushbu yuksak e’tirof bilan samimiy muborakbod etamiz hamda kelgusi faoliyatlariga ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

 

#yangiliklar