+(998) 73 545-55-55

"Kokand University"

Xabarlar

Barcha yangiliklar

QO‘QON UNIVERSITETIDA “JADIDLAR IZIDAN” MUTOLAA TANLOVI BO‘LIB O‘TDI

Otabek Mamajonov 15.04.2026 123 marta ko'rilgan
QO‘QON UNIVERSITETIDA “JADIDLAR IZIDAN” MUTOLAA TANLOVI BO‘LIB O‘TDI

Qo‘qon universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-yanvardagi PQ-9-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, jadidlar merosi asosida yoshlar orasida ma’rifat va kitobxonlikni targ‘ib etish maqsadida “Jadidlar izidan” nomli mutolaa tanlovi tashkil etildi.

Mazkur tanlovda talabalar jadid ma’rifatparvarlarining hayoti va ijodi hamda mutolaa madaniyatiga oid savollar asosida o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar.

Tanlov Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili yo‘nalishi talabalari o‘rtasida yuqori saviyada o‘tkazildi. Ishtirokchilar jadid adabiyoti, milliy uyg‘onish davri namoyandalari va kitobxonlik madaniyatiga oid bilimlari bilan faol qatnashdilar.

Tanlov yakunlariga ko‘ra g‘oliblar quyidagicha aniqlandi:

🥇 1-o‘rin — Alijonova Zubayda (10/25-guruh)
🥈 2-o‘rin — Jo‘rayeva Sarvinoz (5/25-guruh)
🥉 3-o‘rin — Madaminova Hanifa (9/25-guruh)

photo_2026-04-15_13-18-18.jpgphoto_2026-04-15_13-18-29.jpgphoto_2026-04-15_13-18-35.jpgphoto_2026-04-15_13-18-51.jpgphoto_2026-04-15_13-18-58.jpgphoto_2026-04-15_13-19-04.jpgphoto_2026-04-13_14-01-50.jpg

#yangiliklar