Serbiyalik ekspert Qo'qon universitetida
Otabek Mamajonov 10.06.2026 92 marta ko'rilgan

Serbiya Respublikasidan Erasmus ICM dasturi doirasida tashrif buyurgan texnika sohasi bo‘yicha ekspert, doktor Arpad Pletikovic Qo‘qon universitetida ilmiy-o‘quv seminar o‘tkazdi.
Mazkur seminar Raqamli texnologiyalar va Matematika kafedrasi professor-o‘qituvchilari ishtirokida tashkil etilib, Sanoatda avtomatlashtirish, zamonaviy texnika-texnologiyalarni joriy etish, hamda kompyuter injiniringi yo‘nalishida dars berish sifatini oshirish masalalariga bag‘ishlandi.
Seminar davomida xorijiy tajribalar asosida sanoatda avtomatlashtirish usullari, dron texnologiyalari hamda ta’lim jarayonida simulyatsiya vositalardan samarali foydalanishning ahamiyati keng yoritib berildi.



#yangiliklar



