+(998) 73 545-55-55

"Kokand University"

Xabarlar

Barcha yangiliklar

“So‘z sehri” — mushoira kechasi

Otabek Mamajonov 19.05.2026 47 marta ko'rilgan
“So‘z sehri” — mushoira kechasi

   Qo‘qon universitetida O‘zbek tili haftaligi doirasida “So‘z sehri” she’riyat kechasi bo'lib o'tdi.
Mazkur ijodiy kecha ijodkor hamda she’riyatga ixlosmand talabalarni bir davrada jamlab, o‘zbek adabiyotining betakror jozibasini namoyon etdi.

Tadbir davomida 40 ga yaqin talaba o‘z ijod namunalari, shuningdek, o‘zbek adabiyotining yetuk namoyondalari qalamiga mansub sara she’rlarni mahorat bilan ijro etdilar. Har bir chiqish yig‘ilganlarga o‘zgacha ruh va badiiy zavq ulashdi.

Mushoira kechasida universitetning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Zeboxon Qobilova ishtirok etib, badiiy mahorati va ijodiy chiqishlari bilan ajralib turgan faol talabalarni universitetning esdalik sovg‘alari bilan taqdirladi.

“So‘z sehri” mushoira kechasi yoshlarning she’riyatga bo‘lgan qiziqishi, badiiy tafakkuri va ijodiy salohiyatini yanada namoyon etdi.
photo_2026-05-22_14-14-58.jpg
photo_2026-05-22_14-15-02.jpg
photo_2026-05-22_14-15-11.jpg



#yangiliklar