Sport haftaligi davom etadi.
Otabek Mamajonov 22.04.2026 103 marta ko'rilgan

Qo‘qon universitetida faoliyat olib borayotgan ayol professor-o‘qituvchilar hamda ayol ishchi-xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoaviylikni mustahkamlash va sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish maqsadida voleybol musobaqasi o‘tkazildi.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra:
🥇 1-o‘rin — Psixologiya kafedrasi jamoasi
🥈 2-o‘rin — Ta’lim kafedrasi jamoasi
🥉 3-o‘rin — Raqamli texnologiyalar va Jahon tillari kafedrasi jamoasi egalladi.
Musobaqa davomida ishtirokchilar yuqori sport mahorati, jamoaviylik va faollik namoyon etdilar.
Sport haftaligi doirasidagi musobaqalar davom etadi.



#yangiliklar



