Qo‘qon universiteti talabalari xalqaro ta’lim dasturida
Otabek Mamajonov 18.06.2026 80 marta ko'rilgan

Qo‘qon universiteti talabalari ayni kunlarda Moskva shahrida o‘tkazilayotgan “Учусь великому” xalqaro ta’lim dasturida faol ishtirok etmoqda.
15 kun davom etadigan dastur davomida talabalar xalqaro ekspertlar va professorlar ishtirokidagi mashg‘ulotlarda qatnashib, turli mamlakatlardan kelgan yoshlar bilan tajriba almashadilar. Shuningdek, ular Rossiyaning tarixiy va madaniy maskanlari bilan yaqindan tanishmoqdalar.






#yangiliklar



