Qo’qon universiteti talabalari teatrda
Otabek Mamajonov 07.05.2025 33 marta ko'rilgan

Qo’qon universiteti talabalari teatrda Qo‘qon universiteti talabalari bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, madaniy-ma’rifiy dunyoqarashlarini kengaytirish maqsadida Hamza nomidagi Qo’qon shahar musiqali drama teatriga tashrif buyurishdi. Ushbu tashrif davomida ular teatr ijodkorlari tomonidan sahnalashtirilgan spektaklni tomosha qilishdi. Tadbirda universitetning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori Sh. Dеxqonov, fakultet dekan o‘rinbosarlari hamda bir guruh professor-o‘qituvchilar ham ishtirok etishdi. Mazkur tashrif talabalarning estetik didini oshirish, milliy madaniyatimizga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirishga xizmat qildi.
#yangiliklar



