+(998) 73 545-55-55

"Kokand University"

Xabarlar

Barcha yangiliklar

Talabalarning innovatsion gʻoyalari va startap loyihalari oliy taʼlim tashkilotining veb-sayti va ommaviy axborot vositalari

Otabek Mamajonov 30.01.2026 15 marta ko'rilgan

Talabalarning innovatsion gʻoyalari va startap loyihalari oliy taʼlim tashkilotining veb-sayti va ommaviy axborot vositalarida yoritilib borilganligi bo‘yicha

HISOBOT

So‘nggi yillarda Qo‘qon universitetida talabalarning innovatsion g‘oyalari va startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, ularni keng jamoatchilikka yetkazish hamda ommaviy axborot vositalarida targ‘ib etish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda. Xususan, universitet veb-sayti, ijtimoiy tarmoqlar va hamkor tashkilotlar axborot platformalari orqali talabalar yutuqlari muntazam yoritib kelinmoqda.

Mazkur hisobotda 2024–2026-yillar davomida talabalarning innovatsion faoliyati doirasida amalga oshirilgan asosiy natijalari va ularning axborot maydonida yoritilishi to‘g‘risida ma’lumotlar keltiriladi.

1. Hult Prize  xalqaro startap tanlovining universitet bosqichi

Qo‘qon universitetida Iqtidorli talabalarni va startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash departamenti tomonidan nufuzli Hult Prize  xalqaro startap tanlovining universitet bosqichi muvaffaqiyatli tarzda tashkil etildi.

Tanlov natijalariga ko‘ra:

1-o‘rin — ZenithLearn startapi

2-o‘rin — Eco Siftly startapi

3-o‘rin — Localhost Tourism startapi

G‘olib jamoalarni samimiy tabriklaymiz!

1-o‘rinni qo‘lga kiritgan ZenithLearn jamoasi fevral–mart oylarida bo‘lib o‘tadigan Hult Prize tanlovining respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Bu — xalqaro miqyosga chiqish sari muhim qadam!

Tanlovda ishtirok etgan qolgan jamoalar ham e’tibordan chetda qolmadi. Ularga:

loyihani takomillashtirish,

biznes-modelni kuchaytirish,

xalqaro tanlovlar va grantlarga tayyorlanish bo‘yicha

zarur tavsiyalar va yo‘nalishlar berildi.

Unutmang: bugungi tajriba — ertangi yutuqlarning poydevori! Oldinda sizni boshqa startap tanlovlari, xalqaro grantlar va inkubatsiya dasturlari kutmoqda. Asosiysi — izlanishdan va ishonchdan to‘xtamang!

Qo‘qon universiteti — innovatsiya, g‘oya va yoshlar muvaffaqiyati sari birga!

  • strengthening their business models
  • preparing for international competitions and grants

Remember: today’s experience is the foundation of tomorrow’s success! Ahead of you are new startup competitions, international grants, and incubation programs. The key is to keep exploring and believing in yourself!

Kokand University — together towards innovation, ideas, and youth success!

 

 

 

#yangiliklar