Qo‘qon universitetida iqtidorli talabalar rag‘batlantirildi!

Qo‘qon universitetida o‘qishdagi yuksak natijalari va namunali faoliyati bilan ajralib turgan 52 nafar talaba universitet grantlari bilan taqdirlandilar.
Yuqori GPA (o‘rtacha baho) ko‘rsatkichiga ega bo‘lgan ushbu talabalar 25%, 50%, 75% va 100% miqdordagi universitet grantlarini qo‘lga kiritdilar.
Mazkur tashabbus talabalarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni rag‘batlantirish va o‘z ustida yanada ko‘proq ishlashga undash maqsadida yo‘lga qo‘yilgan.
Qo‘qon universiteti rahbariyati ta’kidlaganidek, bu kabi grant tizimi har bir talabaning mehnati va intilishini qadrlashga qaratilgan bo‘lib, kelgusida ham iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash davom ettiriladi.












