+(998) 73 545-55-55

"Kokand University"

Xabarlar

Barcha yangiliklar

Hamkorlik uchrashuvi o‘z yakuniga yetdi

Otabek Mamajonov 02.05.2026 55 marta ko'rilgan
Hamkorlik uchrashuvi o‘z yakuniga yetdi

  Qo‘qon universitetida Qo‘qon universitetining Andijon filiali hamda Toshkent xalqaro universiteti delegatsiyalari ishtirokida hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv doirasida oliy ta’lim tashkilotlarining milliy reytingi bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar va maqsadli ko‘rsatkichlar, QS reytingida universitetlarning ishtirok etish istiqbollari, xalqaro akkreditatsiya masalalari hamda raqamlashgan KPI tizimini joriy etish bo‘yicha seminar-trening tashkil etildi.

Shuningdek, tadbir davomida universitetlarda qabul jarayonlarini tashkil etish, targ‘ibot ishlarini samarali olib borish hamda bu borada amalga oshirilayotgan ishlar tahliliga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbir yakunida kibersport musobaqasi g‘oliblari va faol ishtirokchilariga tashakkurnomalar hamda esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.

photo_2026-05-04_14-49-04.jpg

photo_2026-05-04_14-49-00.jpg

photo_2026-05-04_14-49-28.jpg

photo_2026-05-04_14-49-34.jpg

#yangiliklar