Ochiq eshiklar kuni davom etmoqda
Otabek Mamajonov 15.05.2026 94 marta ko'rilgan

Qo‘qon universitetida tashkil etilgan “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri davom etmoqda. Tadbir doirasida Farg‘ona viloyatidagi tumanlar umumiy o‘rta ta’lim maktablarining bitiruvchi sinf o‘quvchilari tashriflari amalga oshirilmoqda.
Bugun Qo‘qon universitetiga Furqat tumanidagi 30 dan ortiq umumiy o‘rta ta’lim maktablarining bitiruvchi sinf o‘quvchilari tashrif buyurdi.
“Ochiq eshiklar kuni” davomida o‘quvchilar universitet infratuzilmasi, zamonaviy o‘quv auditoriyalari, IT markazi hamda Axborot-kutubxona markazida yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, mehmonlarga universitetdagi ta’lim yo‘nalishlari, talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda o‘quv jarayonlari haqida batafsil ma’lumot berildi.






#yangiliklar



