+(998) 73 545-55-55

"Kokand University"

Xabarlar

Barcha yangiliklar

Davlat stipendiyalari uchun tanlovning universitet bosqichi bo‘lib o‘tdi

Otabek Mamajonov 23.07.2025 143 marta ko'rilgan
Davlat stipendiyalari uchun tanlovning universitet bosqichi bo‘lib o‘tdi

Davlat stipendiyalari uchun tanlovning universitet bosqichi bo‘lib o‘tdi 2025-yil 21–22-iyul kunlari Qo‘qon universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda nomdor davlat stipendiyalarga nomzod talabalarning suhbat asosidagi tanlovi o‘tkazildi. Tanlovda universitetimizda tahsil olayotgan, a’lo o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari, ilmiy-ijodiy salohiyati, jamoat ishlaridagi faolligi va ilg‘or tashabbuslari bilan ajralib turgan iqtidorli talabalar ishtirok etdilar. Suhbat davomida nomzodlar “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” hamda “Chet tili” fanlari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini namoyon etdilar. Chet tili yo‘nalishida ishtirokchilarning erkin muloqot qilish qobiliyati, tarjima va fikr ifoda etish mahorati, so‘z boyligi baholandi. Tarix fani bo‘yicha esa talabalarning dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy mavzularga munosabati, tahliliy fikrlash salohiyati va mamlakatda olib borilayotgan islohotlarga oid tushunchasi sinovdan o‘tkazildi. Tanlov yakunida eng munosib nomzodlar tanlab olinib, Respublika bosqichiga yo‘llanma berilishi rejalashtirilgan. Mazkur davlat stipendiyalari – oliy ta’lim talabalari uchun eng nufuzli mukofotlardan biri bo‘lib, nafaqat moddiy rag‘bat, balki ularning ilmiy izlanishlariga kuchli turtki ham bo‘lib xizmat qiladi.

#yangiliklar