+(998) 73 545-55-55

"Kokand University"

Xabarlar

Barcha yangiliklar

“Toza qoʻllar va to‘g‘ri ovqatlanish — sogʻlom tana va sogʻlom ruhiyat kafolati” mavzusidagi targ‘ibot-tashviqot tadbiri bo‘lib o‘tdi

Otabek Mamajonov 22.05.2025 23 marta ko'rilgan
“Toza qoʻllar va to‘g‘ri ovqatlanish — sogʻlom tana va sogʻlom ruhiyat kafolati” mavzusidagi targ‘ibot-tashviqot tadbiri bo‘lib o‘tdi

“Toza qoʻllar va to‘g‘ri ovqatlanish — sogʻlom tana va sogʻlom ruhiyat kafolati” mavzusidagi targ‘ibot-tashviqot tadbiri bo‘lib o‘tdi Qo‘qon universitetida 2025-yil 22-may kuni sog‘lom hayot tarzi, shaxsiy gigiyena madaniyati va to‘g‘ri ovqatlanishning ahamiyatiga bag‘ishlangan targ‘ibot-tashviqot tadbiri tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi — talabalarda gigiyenik madaniyatni oshirish, sog‘lom ovqatlanish ko‘nikmalarini shakllantirish va umumiy salomatlik haqida bilimlarini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi. Tadbirda quyidagi mutaxassislar ishtirok etib, talabalarga amaliy maslahatlar va foydali tavsiyalar berdilar: Madaliyeva Zulfiya – Shahar sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi va jamoat salomatligi bo‘limi vrachi Igamberdiyeva Feruzaxon – “Gedeon Rixter” kompaniyasining “Ayollar salomatligi bo‘limi” konsultanti Karimova Sevara – 3-sonli poliklinika akusher-ginekologi Ashurova Gulruxon – Qo‘qon universiteti Pedagogika va psixologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi Mutaxassislar chiqishida sog‘lom ovqatlanish me’yorlari, tozalikka rioya qilishning kasalliklarning oldini olishdagi o‘rni, psixologik salomatlik va gigiyenaning o‘zaro bog‘liqligi haqida ma’lumotlar berildi. Tadbir davomida interaktiv savol-javoblar, viktorinalar va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Ishtirokchilar faol qatnashib, ko‘plab foydali bilimlarga ega bo‘lishdi. Tadbir talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratilgan muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

#yangiliklar