Umummilliy AI Hackathon Farg‘ona | 1-kun
Otabek Mamajonov 21.05.2026 151 marta ko'rilgan

Farg‘ona shahrida yangi barpo etilgan IT Park majmuasida Umummilliy AI Hackathonga start berildi.
Kecha hackathon ishtirokchilari uchun texnik sessiyalar hamda soha ekspertlari ishtirokida amaliy “workshop”lar bo'lib o'tdi.
Mazkur tadbirda Qo‘qon universitetining Kompyuter injiniringi va Kiberxavfsizlik injiniringi yo‘nalishlari talabalari quyidagi 3 ta jamoa tarkibida ishtirok etmoqda:
KU Coding Club
KU AI Coding
Sombra.Digital
Hackathonning birinchi kunida Farg‘ona viloyati uchun ajratilgan 4 ta trek bo‘yicha jamoalar shakllantirilib, ishtirokchilar o‘z loyihalari ustida ish boshladilar.
Qo‘qon universiteti talabalari ushbu nufuzli hackathonda faol ishtirok etib, sun’iy intellekt sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini amaliyotda namoyon etmoqda.
#yangiliklar





