Umummilliy AI Hackathon Farg‘ona | 2-kun
Otabek Mamajonov 22.05.2026 40 marta ko'rilgan

Farg‘ona shahrida bo'lib o'tayotgan Umummilliy AI Hackathonda Qo'qon universiteti talabalari ham faol ishtirok etib, o‘z innovatsion g‘oyalari va texnologik loyihalari bilan qatnashmoqdalar.
2-kun har bir jamoa o'z loyihalarini mentorlar va ekspertlarga taqdim etish uchun tayyorgarlik jarayonlarini olib bormoqda. Ishtirokchilar jamiyat va kelajak uchun muhim bo‘lgan yo‘nalishlarda AI asosidagi yechimlar ustida ishlashmoqda.
Loyiha mavzulari:
- Ta'lim sohasida AI platforma
- Kasallikni erta aniqlash
- Ta'lim jarayonlarida inklyuziv ta'limga muhtoz bo'lgan shaxslar uchun mobil dasturiy ta'minot
Eng yaxshi loyihalar qimmatbaho sovrinlar va maxsus nominatsiyalar bilan taqdirlanadi.
Hackathon 23-may kuniga qadar davom etadi.
.



#yangiliklar



