+(998) 73 545-55-55

"Kokand University"

Xabarlar

Barcha yangiliklar

Universitetimizda “Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan Respublika fan olimpiadasining saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi

Otabek Mamajonov 26.05.2025 28 marta ko'rilgan
Universitetimizda “Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan Respublika fan olimpiadasining saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi

Universitetimizda “Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan Respublika fan olimpiadasining saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 13-maydagi 174-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida bugun universitetimizda “Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan Respublika fan olimpiadasining saralash bosqichi o‘tkazildi. Mazkur saralash bosqichida universitetimizning 3-bosqich talabalari ishtirok etdi. Umumiy hisobda 17 nafar iqtidorli talaba o‘z bilim va ko‘nikmalarini namoyon etdi. Olimpiada jarayonida talabalar informatika va axborot texnologiyalari bo‘yicha nazariy va amaliy topshiriqlarni bajardilar. Natijalariga ko‘ra, 3 nafar eng yuqori natija ko‘rsatgan talaba g‘olib deb topildi hamda Respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi. Mazkur saralash bosqichi talabalarning fan bo‘yicha chuqur bilimini aniqlash va ularni rag‘batlantirish, shuningdek, Respublika miqyosidagi musobaqalarga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etdi.

#yangiliklar