Universitetimizda videoroliklar tanlovining g‘oliblari e’lon qilindi

Universitetimizda videoroliklar tanlovining g‘oliblari e’lon qilindi Avvalroq e’lon qilingan “Mening mahallam – mening faxrim” hamda “Mening ustozim” mavzularidagi videoroliklar tanlovlarining yakuniy bosqichi bugun universitetimizda bo‘lib o‘tdi. Tanlovda talabalar o‘z ijodiy yondashuvi, tasvirga olish mahorati hamda mavzuni ochib berishdagi faolligi bilan ishtirok etdilar. Hakamlar hay’ati tomonidan saralab olingan eng yaxshi videoroliklar quyidagicha taqdirlandi: “Mening mahallam – mening faxrim” tanlovi g‘oliblari: • 1-o‘rin – Qo‘shaqova Go‘zalxon G‘ayratjon qizi va Qahhorova Ro‘zaxon Alisher qizi (Turizm va iqtisodiyot fakulteti, 1-kurs. Xorijiy til va adabiyoti yo‘nalishi) • 2-o‘rin – Muqimjonova Nilufar Ikromjon qizi (Ta’lim fakulteti, 2-kurs. Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi) • 3-o‘rin – Niyozova Muqaddam Ulug‘bek qizi (Ta’lim fakulteti, 1-kurs. Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi) “Mening ustozim” tanlovi g‘oliblari: • 1-o‘rin – Odilova Maxliyoxon Doniyorjon qizi (Ta’lim fakulteti, 3-kurs. Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi) • 2-o‘rin – Muxtorjonova Marjona Ilhomjon qizi (Turizm va iqtisodiyot fakulteti, 1-kurs. Xorijiy til va adabiyoti yo‘nalishi) • 3-o‘rin – Maxmudova Nozanin Islomjon qizi (Ta’lim fakulteti, 3-kurs. Maktabgacha ta’lim, masofaviy ta’lim yo‘nalishi) Tanlov g‘oliblariga universitetimiz nomidan esdalik sovg‘alari tantanali tarzda topshirildi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, “Mening mahallam – mening faxrim” tanlovi g‘oliblari o‘zlari yashab turgan mahallada, “Mening ustozim” tanlovi g‘oliblari esa tahsil olgan maktablarida jamoatchilik ishtirokida alohida rag‘batlantiriladi.



