XALQARO AKADEMIK HAMKORLIK DOIRASIDA TASHRIF
Otabek Mamajonov 24.06.2026 95 marta ko'rilgan

Qo‘qon universitetining Pedagogika va psixologiya kafedrasiga akademik almashinuv doirasida Bursa Uludağ universiteti professori, DSc Nalan Kuru tashrif buyurdi.
Mehmonlar universitet rahbariyati bilan uchrashib, seminar-treninglar, mahorat darslari va ilmiy-amaliy tadqiqotlar bo‘yicha hamkorlik masalalarini muhokama qildilar.
Tashrif davomida ular Axborot-kutubxona markazi faoliyati va yaratilgan zamonaviy sharoitlar bilan ham yaqindan tanishdilar.




#yangiliklar



