+(998) 73 545-55-55

"Kokand University"

Xabarlar

Barcha yangiliklar

Xalqaro almashinuv dasturi / Ozarbayjon

Abdullah Bahromov 29.10.2026 28 marta ko'rilgan
Xalqaro almashinuv dasturi / Ozarbayjon

  Qo‘qon universiteti talabalari ORHUN xalqaro almashinuv dasturi doirasida Ozarbayjonning Boku Oliy Neft Maktabida (BHOS) tahsil olish bilan birga, darsdan tashqari mashg‘ulotlarda ham faol ishtirok etmoqda.

Talabalar bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etib, sport mashg‘ulotlari, jamoaviy tadbirlar va sayohatlarda qatnashmoqda. Shuningdek, ular Boku shahrining tarixiy obidalari, zamonaviy maskanlari va Kaspiy dengizi sohilidagi go‘zal manzaralar bilan yaqindan tanishmoqda.

Mazkur dastur talabalarning dunyoqarashini kengaytirish, mustaqil fikrlashini rivojlantirish va xalqaro muhitda tajriba orttirishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Qo‘qon universiteti talabalari xorijda tahsil olish jarayonida o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etib, O‘zbekistonni munosib ravishda tanitmoqda.

photo_2026-10-29_15-33-33.jpg

photo_2026-10-29_15-33-34.jpg

photo_2026-10-29_15-33-34 (2).jpg

#yangiliklar