+(998) 73 545-55-55

"Kokand University"

Xabarlar

Barcha yangiliklar

Xalqaro E’tirof — Qo‘qon universitetiga Minnatdorlik xati

Otabek Mamajonov 26.11.2025 230 marta ko'rilgan
Xalqaro E’tirof — Qo‘qon universitetiga Minnatdorlik xati

World Crafts Council AISBL (Jahon Hunarmandchilik Kengashi) Prezidenti janob Sa’ad al-Qaddumi tomonidan Qo‘qon shahrida o‘tkazilgan III Xalqaro hunarmandchilik festivali doirasida ko‘rsatilgan yuksak mehmondo‘stlik, puxta tashkilotchilik va samarali hamkorlik uchun Qo‘qon universitetiga rasmiy Minnatdorlik xati taqdim etildi.

 Maktubda delegatsiya tashrifi davomida amalga oshirilgan amaliy hamkorlik, madaniy diplomatiya, hamda kommunikatsion jarayonlarning yuqori saviyada tashkil etilgani alohida e’tirof etilgan.

 Bunda ayniqsa Qo‘qon universiteti Jahon tillari kafedrasining ikki faol va iqtidorli yosh mutaxassisining xizmati katta minnatdorlik bilan qayd etildi. Ular xalqaro delegatsiya uchun tarjima, muloqot, madaniy ko‘prik vazifasini yuqori professionallik bilan bajarganlari uchun alohida ta’kidlandi:

 Muxtorova Mohlaroyim Ma’rufjonovna
 Mirzahamdamova Dilafruz Dilshodovna

 Ularning fidokorona mehnati, mas’uliyatli yondashuvi va professionalligi tufayli xalqaro jarayonlar mazmunan boyib, hamkorlik aloqalari yanada mustahkamlandi.

Mazkur xalqaro e’tirof Qo‘qon shahrining madaniy nufuzi, universitet mutaxassislarining salohiyati va xalqaro maydondagi o‘rnining mustahkamlanayotganidan dalolatdir.photo_2025-11-26_09-28-08.jpg

photo_2025-11-26_09-28-12.jpg

photo_2025-11-26_09-28-32.jpg

 

#yangiliklar