+(998) 73 545-55-55

"Kokand University"

Xabarlar

Barcha yangiliklar

XALQARO HAMKORLIK — YANGI BOSQICH

Otabek Mamajonov 24.11.2025 212 marta ko'rilgan
XALQARO HAMKORLIK — YANGI BOSQICH

Qo‘qon universiteti hamda INGLA School Baku (Ozarbayjon) o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu kelishuv ikki birodar xalqning ta’lim sohasidagi aloqalarini yanada mustahkamlab, yangi imkoniyatlar sari yo‘l ochadi.  Mazkur memorandum O‘zbekiston va Ozarbayjon oliy ta’lim tarixiga yangi, yorqin sahifa qo‘shishi shubhasiz. Ilm-fan, til o‘rganish, akademik almashinuv va qo‘shma o‘quv dasturlari bo‘yicha hamkorlik ikki tomonlama bunyodkor tashabbuslarga xizmat qiladi.  2026-yildan boshlab Qo‘qon universitetida Ozarbayjondan keladigan talabalar tahsil boshlaydi. Bu esa universitetimizda xalqaro muhitning kengayishi, madaniy almashinuvning kuchayishi va global ta’lim makoniga qo‘yilgan navbatdagi dadil qadamdir. Qo‘qon universiteti xalqaro hamkorlik geografiyasini kengaytirishda davom etadi!

photo_2025-11-24_09-53-27.jpg

photo_2025-11-24_09-53-24.jpg

photo_2025-11-24_09-53-37.jpg

#yangiliklar