“Yosh Ma’rifatchilar” ilmiy tadqiqotlar markazi stipendiyasi sohibasi
“Yosh Ma’rifatchilar” ilmiy tadqiqotlar markazi tomonidan yoshlar orasida ilmiy-ijodiy salohiyatni qo‘llab-quvvatlash, innovatsion tashabbuslarni rag‘batlantirish hamda startap loyihalarni rivojlantirish maqsadida ta’sis etilgan Markaz stipendiyasi tanlovi yakunlariga ko‘ra, Qo‘qon universiteti talabasi Yusupova Asilaxon Rashidovna startap loyihasi yo‘nalishi bo‘yicha “Yosh Ma’rifatchilar” ilmiy tadqiqotlar markazi STIPENDIYASI SOHIBASI deb topildi. Nomzod tomonidan taqdim etilgan loyiha o‘zining dolzarbligi, amaliy ahamiyati, innovatsion yondashuvi hamda kelgusida samarali tatbiq etish imkoniyatlari bilan tanlov komissiyasi tomonidan yuqori baholandi.
G‘olib talabamizni ushbu yutuq bilan tabriklaymiz va kelgusidagi ilmiy-ijodiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!



