+(998) 73 545-55-55

"Kokand University"

Xabarlar

Barcha yangiliklar

Yoshlar ma’naviyati – sog‘lom jamiyat asosi

Otabek Mamajonov 11.06.2026 84 marta ko'rilgan
Yoshlar ma’naviyati – sog‘lom jamiyat asosi

  Qo‘qon universiteti talabalari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-martdagi “Ayollar va bolalar huquqlarining himoyasini kuchaytirish hamda ularga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–33-son Farmoni ijrosi yuzasidan “Sog‘lom ijtimoiy munosabatlar va yoshlar ma’naviyati” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkaziladi.

Tadbirda quyidagi mutaxassislar ma’ruza va suhbatlar bilan ishtirok etadilar:

 Qobilova Zeboxon Bakirovna – Qo‘qon universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, universitet xotin qizlar maslahat kengash raisi

 Ashurova Gulruxon Oxunovna – Psixologik xizmat markazi rahbari, universitet xotin qizlar maslahat kengash a'zosi

 Odilova Zeboxon Adxamjon qizi – Qo‘qon universiteti profilaktika inspektori, katta leytenant.

Tadbir davomida yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, sog‘lom ijtimoiy munosabatlarni shakllantirish, ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish hamda tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish masalalari yuzasidan fikr almashiladi.

 Sana: 11.06.2026
 Vaqt: 11:30
 Joy: C bino, Majlislar zali

Barcha talabalarni ushbu ma’naviy-ma’rifiy tadbirda faol ishtirok etishga chorlaymiz!

photo_2026-06-11_12-32-23.jpg

#yangiliklar