+(998) 73 545-55-55

"Kokand University"

Xabarlar

Barcha yangiliklar

“Sog‘lom jamiyat — farovon kelajak garovi”: tanlov g‘oliblari taqdirlanadi

Abdullah Bahromov 29.10.2026 24 marta ko'rilgan
“Sog‘lom jamiyat — farovon kelajak garovi”: tanlov g‘oliblari taqdirlanadi

E’LON

Farg‘ona viloyati Adliya boshqarmasi, O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasining Farg‘ona viloyati bo‘limi hamda “Nodira Plus” rivojlanish markazi hamkorligida yoshlar o‘rtasida giyohvandlikning oldini olish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida tashkil etilgan “Sog‘lom jamiyat — farovon kelajak garovi” mavzusidagi ijodiy ishlar tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi.

Tanlovda Qo‘qon universiteti Ta’lim fakulteti talabalari quyidagi o‘rinlarni egalladilar:

 Insholar tanlovi:

1-o‘rin — Komiljonova Maftunaxon, BT-2-26 guruhi talabasi.

2-o‘rin — Nabiyeva Azizaxon, MT-4-25 guruhi talabasi.

3-o‘rin — Fayzulayeva Maftuna, MP-4-25 guruhi talabasi.

 Rasmlar tanlovi:

1-o‘rin — Shohobjonova Mubina, BT-1-26 guruhi talabasi.

2-o‘rin — Ashiraliyeva Busoliha, MT-3-25 guruhi talabasi.

3-o‘rin — G‘ofurova Muhtasam, BT-1-26 guruhi talabasi.

Sana: 2026-yil 29-oktyabr

Vaqt: soat 10:30

Manzil: Qo‘qon universiteti, B binosi fayesi

Talabalarimizni erishgan yutuqlari bilan tabriklaymiz va kelgusidagi o‘qishlari hamda ijodiy faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

photo_2026-10-29_18-11-20.jpg

#yangiliklar