+(998) 73 545-55-55

"Kokand University"

Amaldagi loyiha – Erasmus+ GreenCamUz

GreenCamUzErasmus+ CBHE
Co-funded by the European Union

Green Campus Initiative: O‘zbekistonda oliy ta‘lim tizimiga barqarorlikni integratsiya qilish

Dastur: Erasmus+ KA2 – Oliy ta‘lim sohasida salohiyatni oshirish. Davomiyligi: 3 yil (36 oy). Umumiy byudjet: 359,682 yevro. Loyiha tuzilmasi: Hamkorlar o‘rtasida vazifalar taqsimlangan 7 ta ish paketi.

3

yil

359,682

yevro

7

ish paketi

9

hamkor

Asosiy maqsadlar va natijalar

Ta‘limiy maqsadlar

  • GreenCampus strategiyasini ishlab chiqish
  • Barqarorlikka oid 12 ta yangi yoki yangilangan kurslarni joriy etish
  • 48 nafar akademik va ma‘muriy xodimlarni tayyorlash
  • 120 nafar GreenCampus elchilarini tayyorlash

Amaliy natijalar

  • 6 ta pilot loyihani amalga oshirish (O‘zbekistondagi har bir universitetda bittadan)
  • Virtual bilim almashish platformasini yaratish
  • 12 ta mahalliy biznes bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish

Konferensiyalar

Har biri 200 ishtirokchidan iborat 3 ta konferensiya

Treninglar

Turkiya, Polsha va O‘zbekistonda 3 ta trening mashg‘uloti

Ishtirokchi tashkilotlar

Qo‘qon universiteti – O‘zbekiston

Qo‘qon universiteti – O‘zbekiston

Koordinator
Karabük universiteti – Turkiya

Karabük universiteti – Turkiya

Hamkor
Opole texnologiya universiteti – Polsha

Opole texnologiya universiteti – Polsha

Hamkor
Vilnius Gediminas texnika universiteti – Litva

Vilnius Gediminas texnika universiteti – Litva

Hamkor
Toshkent xalqaro universiteti – O‘zbekiston

Toshkent xalqaro universiteti – O‘zbekiston

Hamkor
Markaziy Osiyo ekologiya va iqlim universiteti (CAUEC) – O‘zbekiston

Markaziy Osiyo ekologiya va iqlim universiteti (CAUEC) – O‘zbekiston

Hamkor
Alfraganus University – O‘zbekiston

Alfraganus University – O‘zbekiston

Hamkor
Andijon davlat texnika instituti – O‘zbekiston

Andijon davlat texnika instituti – O‘zbekiston

Hamkor
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi – O‘zbekiston

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi – O‘zbekiston

Hamkor

Hamkor tashkilotlar

  • Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim vazirligi – O‘zbekiston
  • Oliy ta‘lim, fan va innovatsiyalar vazirligi – O‘zbekiston
  • Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti – O‘zbekiston

Qo‘qon universitetidagi loyiha ishtirokchilari

Ulug‘bek Mamadaliyev

Loyiha menejeri

Zilolaxon Isakova

Disseminatsiya va kommunikatsiya bo‘yicha mutaxassis

Xamidjon Rasulov

Ekspert/Trener

Shoxruxmirzo Saidov

Moliyaviy menejer

Loyiha sahifalari

Yangiliklar

2026-yil 26-mart

GreenCamUz loyihasining boshlang‘ich uchrashuvi Toshkent xalqaro universitetida bo‘lib o‘tdi

Kick-off meeting group photoKick-off meeting conferenceTree planting ceremony

2026-yil 25-mart kuni Erasmus+ CBHE dasturi doirasida amalga oshirilayotgan “GreenCamUz – Green Campus Initiative: O‘zbekistonda oliy ta‘lim tizimiga barqarorlikni integratsiya qilish” xalqaro loyihasining boshlang‘ich (Kick-off) uchrashuvi Toshkent xalqaro universitetida bo‘lib o‘tdi.

Mazkur loyiha oliy ta‘lim tizimiga barqaror rivojlanish tamoyillarini joriy etish, “yashil kampus” strategiyalarini ishlab chiqish hamda universitetlarning institutsional salohiyatini mustahkamlashni maqsad qiladi.

Tadbirda yuqori darajadagi ishtirokchilar qatnashdi, jumladan: Toshkent xalqaro universiteti rektori Iskandar Yo‘ldashev; Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Toivo Klaar; diplomatik vakil Vytautas Bučinskas; hamda Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi ta‘lim attashesi vazifasini bajaruvchi Fırat Dursun.

Uchrashuv davomida ishtirokchilar loyiha maqsadlari, ustuvor yo‘nalishlari va kutilayotgan natijalarni muhokama qildilar, shuningdek, kelgusidagi hamkorlik istiqbollari ko‘rib chiqildi. Dastur doirasida hamkorlar taqdimotlari, ish paketlari muhokamasi, kampus bo‘ylab ekskursiya hamda ramziy daraxt ekish marosimi tashkil etildi.

GreenCamUz loyihasi xalqaro hamkorlikni kengaytirish, ta‘limda innovatsion va ekologik barqaror yondashuvlarni rivojlantirish hamda talabalar va akademik jamoalarda barqarorlikka yo‘naltirilgan kompetensiyalarni shakllantirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Loyiha haqida batafsil

Rasmiy veb-saytga tashrif buyuring

greencam.uz ga o‘tish