Xodimlar almashinuvi (Staff Mobility)
"Xodimlar almashinuvi dasturi" Qo'qon Universiteti professor-o'qituvchilari va ma'muriy xodimlariga xorijiy hamkor universitetlarda qisqa muddatli dars berish, malaka oshirish, seminar va treninglarda ishtirok etish imkonini beruvchi xalqaro dasturdir.
Mazkur dastur o'qituvchilarga xalqaro tajriba orttirish, o'z fan sohasida yangi metodik yondashuvlarni o'rganish, hamkor kafedralar bilan ilmiy aloqalarni mustahkamlash va universitet nufuzini xalqaro miqyosda oshirish imkonini beradi.
Dastur maqsadi
Qo'qon Universiteti o'qituvchilarining xalqaro tajriba almashinuvida ishtirokini ta'minlash
Dars berish jarayonida ilg'or xorijiy tajribalarni o'rganish va tatbiq etish
Hamkor universitetlar bilan akademik aloqalarni mustahkamlash
Professor-o'qituvchilarning til, pedagogik va ilmiy salohiyatini oshirish
Hamkor universitetlar
Indoneziya
Gunadarma Universiteti
Gunadarma University
Ishtirok etishi mumkin
Qo'qon Universitetining istalgan yo'nalishdagi professor-o'qituvchilari
Davomiylik
1–2 hafta
Tavsiya etilgan davr
Qishki semestr (yanvar–fevral)
Faoliyat turi
Dars berish, ma'ruzalar o'qish, seminar va treninglarda qatnashish
Talablar
Ishtirok etish uchun talab qilinadi
Rossiya
A.I. Gertsen nomidagi Rossiya Davlat Pedagogika Universiteti
Herzen State Pedagogical University
Ishtirok etishi mumkin
Qo'qon Universitetining quyidagi yo'nalishlardagi o'qituvchilari
Yo'nalishlar
Faoliyat turi
Dars berish, qo'shma seminarlar, metodik tajriba almashinuvi
Talablar
Ishtirok etish uchun talab qilinadi
Xitoy Xalq Respublikasi
Lanzhou Universiteti
Lanzhou University
Ishtirok etishi mumkin
Qo'qon Universitetining barcha kafedralari professor-o'qituvchilari
Davomiylik
1–2 hafta (kelishuv asosida)
Faoliyat turi
Ilmiy ma'ruzalar, metodik treninglar, stajirovkalar
Talablar
Ishtirok etish uchun talab qilinadi
Yangi hamkorlar yaqinda!
Yaqin orada yangi xorijiy universitetlar ham "Xodimlar almashinuvi dasturi"ga qo'shilishi kutilmoqda. Bu esa xalqaro hamkorlik imkoniyatlarini yanada kengaytiradi!
Savollaringiz bormi?
Xalqaro aloqalar bo'limi bilan bog'laning va batafsil ma'lumot oling
Bog'lanish