+(998) 73 545-55-55

"Kokand University"

Talaba almashinuvi dasturi

Almashinuv dasturlari

Talaba almashinuvi (Exchange Programmes)

Talaba almashinuvi dasturi — Qo'qon Universiteti talabalariga xorijiy hamkor universitetlarda bir semestr davomida o'qish, yangi tajriba orttirish va global bilim muhitida rivojlanish imkonini beruvchi xalqaro dasturdir. Bu dastur nafaqat akademik bilimni, balki madaniy ko'nikmalar, mustaqillik va xalqaro tarmoqni kengaytirish imkoniyatlarini ham beradi.

Nega aynan "Talaba almashinuvi"?

Global dunyoqarash

Yangi ta'lim tizimlari, fikrlash uslublari va yondashuvlarni o'rganish

Yangi madaniyatlar bilan tanishuv

Turli xalq va an'analarni bevosita his qilish

Shaxsiy rivojlanish

Mustaqillik, o'ziga ishonch va til kompetensiyasini oshirish

Karyera imkoniyatlari

Xalqaro tajriba, CV va professional tarmoqni kengaytirish

Talabalarga uchun takliflarimiz!

Hurmatli abituriyentlar, qabul muddatlariga alohida e'tibor qaratishingizni so'raymiz. Qabul yiliga ikki marta tashkil etiladi, shuning uchun imkoniyatni qo'ldan boy bermang.

Hamkor universitetlar

Polsha

Polsha

Adam Mickiewicz Universiteti

Adam Mickiewicz University

Bakalavr va Magistrlar uchun

O'qish muddati

19 fevral – 05 iyul 2026

Ariza topshirish muddati

01 noyabr 2025

QS reytingi

Dunyoda 741-o'rin

Modern Languages: 251-o'rin

Yo'nalishlar

Boshlang'ich ta'limMaktabgacha ta'limKompyuter injiniringiKiberxavfsizlikXorijiy til va adabiyotiLingvistika (Magistr)
Qozog'iston

Qozog'iston

L.N. Gumilyov nomidagi Yevrosiyo Milliy Universiteti

L.N. Gumilyov Eurasian National University

Bakalavrlar uchun

O'qish muddati

19 yanvar – 10 iyun 2026

Ariza topshirish muddati

20 oktyabr 2025

QS reytingi

Dunyoda 317-o'rin

Yo'nalishlar

IqtisodiyotMoliyaMehmonxona va turizmni boshqarishXorijiy til va adabiyoti (Ingliz tili)Psixologiya
Janubiy Koreya

Janubiy Koreya

Woosong Universiteti

Woosong University

Bakalavrlar uchun

O'qish muddati

03 mart – 15 iyun 2026

Ariza topshirish muddati

25 dekabr 2025

QS reytingi

MBA: 42-o'rin

Yo'nalishlar

IqtisodiyotMoliya va moliyaviy texnologiyalarMehmonxona va turizmni boshqarishKompyuter injiniringiMaktabgacha ta'lim

Yangi hamkorlar yaqinda!

Yaqin orada yangi hamkor universitetlar qo'shilishi rejalashtirilgan — bu esa siz uchun yanada ko'proq tanlov imkoniyatlarini yaratadi!

Hujjatlar to'plami va umumiy shartlar

1Xorijga chiqish va milliy pasport nusxasi
2Akademik transkript (GPA minimum 3.0)
3CV (Europass formati)
4Til sertifikati (IELTS 6.0+)
5Motivatsion xat (1 sahifa)
6Tavsiya xati (fakultet dekani)
7Qabul xati (nomzod tanlangach)
8Qo'qon Universitetining 2–3-bosqich bakalavr yoki 1-bosqich magistratura talabasi bo'lish

Savollaringiz bormi?

Xalqaro aloqalar bo'limi bilan bog'laning va batafsil ma'lumot oling

Bog'lanish