Xalqaro grantlar va loyihalar
Qo‘qon Universiteti talabalari, professor-o‘qituvchilari va tadqiqotchilari uchun xalqaro grantlar va qo‘shma loyihalar keng imkoniyatlar yaratadi: chet elda o‘qish va stajirovka, ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirish, qo‘shma kurslar va laboratoriyalar, xalqaro konferensiyalar va startaplar.
Bizning vazifamiz
· Grant va loyihalar bo‘yicha dolzarb e’lonlarni jamlash va tarqatish
· Ariza topshirish jarayonida metodik ko‘mak (shakllar, namunalar, konsultatsiyalar)
· Ichki tanlov va tavsiyalarni tashkil etish
· Hamkorlar bilan loyiha konsorsiumlari tuzish va muzokaralar
· G‘olib bo‘lgan loyihalar uchun ma’muriy va moliyaviy monitoring
Eslatma: aniq topshirish muddatlari va havolalar yil sayin yangilanadi. Saytimizda e’lonlar bo‘limi orqali tekshiring.
1) Erasmus+ KA171 (Akademik mobillik)
Nima beradi: 1 semestrgacha talaba almashinuvi, 5–30 kun xodim (o‘qituvchi/ma’muriy) mobillik; stipendiya, yo‘l xarajatlari qoplamalari.
Kimlar uchun: bakalavr/magistr/doktorantlar; professor-o‘qituvchilar va xodimlar.
Faoliyat turlari: o‘qish, dars berish, trening/stajirovka.
Ariza tartibi: ichki tanlov → nomzod tavsiyasi → qabul qiluvchi universitet talablari.
Muddatlar: yillik chaqiriqlar (yangilanadi).
Tanlov mezonlari: akademik ko‘rsatkich, til bo’yicha bilim darajasi(odatda ielts 6.0), motivatsiya, moslik.
2) Erasmus+ CBHE (Capacity Building in Higher Education)
Nima beradi: universitetlararo qo‘shma loyihalar (o‘quv dasturlarini modernizatsiya qilish, laboratoriyalar, AKT joriy etish).
Kimlar uchun: fakultetlar, kafedralar, loyiha guruhlari.
Faoliyat turlari: WP (work-package)lar bo‘yicha ish rejalari, treninglar, uslubiy qo‘llanmalar, uskuna xaridi.
Moliyalashtirish: 2–3 yil, byudjet loyiha ko‘lamiga bog‘liq.
Muddatlar: yillik chaqiriq (yangilanadi).
Eslatma: konsorsiumda Yevropa va hamkor davlat OTMlari bo‘lishi shart.
3) Erasmus Mundus (EMJM/EMDM)
Nima beradi: qo‘shma magistratura dasturlari; to‘liq stipendiyalar.
Kimlar uchun: magistratura nomzodlari; hamkor OTM sifatida fakultetlar.
Faoliyat turlari: qo‘shma o‘quv reja, ikki diplomlik (joint/double).
Muddatlar: yillik chaqiriqlar (talabalar uchun qabul oynalari yangilanadi).
4) DAAD (Germaniya)
Nima beradi: individual stipendiyalar (talaba/magistr/doktorant), tadqiqot grantlari, o‘qituvchi almashinuvi.
Kimlar uchun: talabalar, yosh olimlar, professorlar.
Talablar: nemis/ingliz tili, qabul qiluvchi tomon taklifi (ba’zi yo‘nalishlarda).
Muddatlar: dasturga qarab o‘zgaradi (yillik).
5) Orhun almashinuv dasturi
Nima beradi: Turkiy davlatlar(Turkiya, Ozarbayjon, Qozog’iston, O’zbekiston, Qirg’iziston) o‘rtasidagi 110 dan ortiq universitetlar talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvini ta’minlaydi. 1 semestrgacha o‘qish yoki dars berish imkoniyatini yaratadi, ishtirokchilarga, turar joy va safar xarajatlarini qisman yoki to‘liq qoplash ko‘zda tutilgan.
Kimlar uchun: bakalavr va magistr talabalar, shuningdek professor-o‘qituvchilar.
Faoliyat turlari: o‘qish, dars berish, madaniy almashinuv va qo‘shma tadbirlar.
Muddatlar: yiliga bir marta e’lon qilinadi (odatda aprel-may oylarida ariza topshirish bosqichi bo‘ladi).
6) Yozgi maktablar va yozgi amaliyotlar
Nima beradi: 1–4 hafta o‘quv va madaniy dasturlar, kredit transferi imkoniyati yoki yozgi amaliyot holatida talabalar 90 kunlik yozgi ta’til davrida mutaxassisligi yoki boshqa yo’nalishda amaliyot o’tab sayohat qilishi, yangi do’stlar orttirishi va pul ishlab topishi mumkin.
Kimlar uchun: bakalavr/magistrlar.
Talablar: til darajasi, intizom
Moliyalashtirish: grant/yarm-grant/kontrakt ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
Talabalar uchun zarur hujjatlar:
· Xorijga chiqish pasport nusxasi
· Akademik transkript
· Til sertifikati (CEFR/IELTS/TOEFL yoki qabulchi OTM talabi)
· CV (Europass formati tavsiya etiladi)
· Motivatsion xat (1 sahifa)
· 2 ta tavsiya xati (dekan/kafedra)
· Qabulchi OTMdan qabul xati (agar talab qilinsa)
· Sug‘urta, viza hujjatlari (keyingi bosqichda)
Xodimlar uchun hujjatlar
· Xorijga chiqish pasport nusxasi
· CV (akademik format)
· Teaching/Training/Research Plan
· Hamkor OTM/kafedra taklif xati
· Ish joyidan ma’lumotnoma (lavozim, ish staji)
· Til bo‘yicha asos (zarur bo‘lsa)
Viza/sug‘urta hujjatlari
Kokand University | KU
Dec 10, 2025

