+(998) 73 545-55-55

"Kokand University"

Talaba almashinuvi (Exchange Programmes)

Talaba almashinuvi (Exchange Programmes)

Talaba almashinuvi dasturi — Qo‘qon Universiteti talabalariga xorijiy hamkor universitetlarda bir semestr davomida o‘qish, yangi tajriba orttirish va global bilim muhitida rivojlanish imkonini beruvchi xalqaro dasturdir. Bu dastur nafaqat akademik bilimni, balki madaniy ko‘nikmalar, mustaqillik va xalqaro tarmoqni kengaytirish imkoniyatlarini ham beradi.

Nega aynan “Talaba almashinuvi”?

·         Global dunyoqarash – yangi ta’lim tizimlari, fikrlash uslublari va yondashuvlarni o‘rganish.

·         Yangi madaniyatlar bilan tanishuv – turli xalq va an’analarni bevosita his qilish.

·         Shaxsiy rivojlanish – mustaqillik, o‘ziga ishonch va til kompetensiyasini oshirish.

·         Karyera imkoniyatlari – xalqaro tajriba, CV va professional tarmoqni kengaytirish.

Talabalarga uchun takliflarimiz!
Eslatma: Hurmatli abituriyentlar, qabul muddatlariga alohida e’tibor qaratishingizni so‘raymiz. Qabul yiliga ikki marta tashkil etiladi, shuning uchun imkoniyatni qo‘ldan boy bermang.

 

1)    Polsha – Bakalavr va Magistrlar uchun almashinuv dasturi - Adam Mickiewicz Universiteti

O‘qish muddati: 19 fevral – 05 iyul 2026
Ariza topshirish muddati:
 01 noyabr 2025

Yo‘nalishlar:

·         Boshlang‘ich ta’lim

·         Maktabgacha ta’lim

·         Kompyuter injiniringi

·         Kiberxavfsizlik

·         Xorijiy til va adabiyoti

·         Lingvistika (Magistr)

QS reytingida: dunyoda 741-o‘rin, “Modern Languages” yo‘nalishida 251-o‘rin.

Hujjatlar to‘plami va umumiy shartlar:

·         Xorijga chiqish  va milliy pasport nusxasi

·         Akademik transkript (GPA minimum 3.0)

·         CV (Europass formati)

·         Til sertifikati (IELTS 6.0+)

·         Motivatsion xat (1 sahifa)

·         Tavsiya xati (fakultet dekani)

·         Qabul xati (nomzod tanlangach)

·         Qo‘qon Universitetining 2–3-bosqich bakalavr yoki 1-bosqich magistratura talabasi bo‘lish.

 

2.     Qozog‘iston – Bakalavrlar uchun almashinuv dasturi - L.N. Gumilyov nomidagi Yevrosiyo Milliy Universiteti

O‘qish muddati: 19 yanvar – 10 iyun 2026
Ariza topshirish muddati: 20 oktyabr 2025

Yo‘nalishlar:

·         Iqtisodiyot

·         Moliya

·         Mehmonxona va turizmni boshqarish

·         Xorijiy til va adabiyoti (Ingliz tili)

·         Psixologiya

QS reytingida: 317-o‘rin.

Hujjatlar to‘plami va umumiy shartlar

·         Xorijga chiqish  va milliy pasport nusxasi

·         Akademik transkript (GPA minimum 3.0)

·         CV (Europass formati)

·         Til sertifikati (IELTS 6.0+)

·         Motivatsion xat (1 sahifa)

·         Tavsiya xati (fakultet dekani)

·         Qabul xati (nomzod tanlangach)

·         Qo‘qon Universitetining 2–3-bosqich bakalavr yoki 1-bosqich magistratura talabasi bo‘lish.

 

2)    Janubiy Koreya – Bakalavrlar uchun almashinuv dasturi - Woosong Universiteti

O‘qish muddati: 03 mart – 15 iyun 2026
Ariza topshirish muddati:
 25 dekabr 2025

Yo‘nalishlar:

·         Iqtisodiyot

·         Moliya va moliyaviy texnologiyalar

·         Mehmonxona va turizmni boshqarish

·         Kompyuter injiniringi

·         Maktabgacha ta’lim

QS reytingida: MBA yo‘nalishi bo‘yicha 42-o‘rinda.

Hujjatlar to‘plami va umumiy shartlar

·         Xorijga chiqish  va milliy pasport nusxasi

·         Akademik transkript (GPA minimum 3.0)

·         CV (Europass formati)

·         Til sertifikati (IELTS 6.0+)

·         Motivatsion xat (1 sahifa)

·         Tavsiya xati (fakultet dekani)

·         Qabul xati (nomzod tanlangach)

·         Qo‘qon Universitetining 2–3-bosqich bakalavr yoki 1-bosqich magistratura talabasi bo‘lish.

Yaqin orada yangi hamkor universitetlar qo‘shilishi rejalashtirilgan — bu esa siz uchun yanada ko‘proq tanlov imkoniyatlarini yaratadi!

Kokand University | KU

Dec 10, 2025