Xodimlar almashinuvi (Staff Mobility)
“Xodimlar almashinuvi dasturi” Qo‘qon Universiteti professor-o‘qituvchilari va ma’muriy xodimlariga xorijiy hamkor universitetlarda qisqa muddatli dars berish, malaka oshirish, seminar va treninglarda ishtirok etish imkonini beruvchi xalqaro dasturdir.
Mazkur dastur o‘qituvchilarga xalqaro tajriba orttirish, o‘z fan sohasida yangi metodik yondashuvlarni o‘rganish, hamkor kafedralar bilan ilmiy aloqalarni mustahkamlash va universitet nufuzini xalqaro miqyosda oshirish imkonini beradi.
Dastur maqsadi
· Qo‘qon Universiteti o‘qituvchilarining xalqaro tajriba almashinuvida ishtirokini ta’minlash;
· Dars berish jarayonida ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish va tatbiq etish;
· Hamkor universitetlar bilan akademik aloqalarni mustahkamlash;
· Professor-o‘qituvchilarning til, pedagogik va ilmiy salohiyatini oshirish.
1) Gunadarma Universiteti (Indoneziya)
Ishtirok etishi mumkin: Qo‘qon Universitetining istalgan yo‘nalishdagi professor-o‘qituvchilari.
Davomiylik: odatda 1–2 hafta.
Tavsiya etilgan davr: qishki semestr (yanvar–fevral).
Talablar:
· Ingliz tilini bilish (sertifikat talab etilmaydi);
· Xorijga chiqish pasportiga ega bo‘lish;
· Kafedra mudiri tomonidan berilgan tavsiyanoma.
Faoliyat turi: dars berish, ma’ruzalar o‘qish, seminar va treninglarda qatnashish.
Ishtirok etish uchun talab qilinadi:
· Pasport nusxasi (xalqaro va milliy)
· Kafedra mudiri tavsiyanomasi
· CV (akademik formatda)
· Dars berish yoki trening dasturi (Teaching/Training Plan)
· Til bilimini tasdiqlovchi asos (intervyu yoki sertifikat)
· Fakultet dekani tomonidan tasdiqlangan ariza
2) A.I. Gertsen nomidagi Rossiya Davlat Pedagogika Universiteti (Sankt-Peterburg)
Ishtirok etishi mumkin: Qo‘qon Universitetining quyidagi yo‘nalishlarida faoliyat yurituvchi o‘qituvchilar:
· Boshlang‘ich ta’lim
· Maktabgacha ta’lim
· Psixologiya
· Filologiya
Talablar:
· Rus tilini bilish (kamida B1 darajada);
· Xorijga chiqish pasportiga ega bo‘lish;
· Kafedra mudiri tavsiyanoma xati.
Faoliyat turi: dars berish, qo‘shma seminarlar, metodik tajriba almashinuvi.
Ishtirok etish uchun talab qilinadi:
· Pasport nusxasi (xalqaro va milliy)
· Kafedra mudiri tavsiyanomasi
· CV (akademik formatda)
· Dars berish yoki trening dasturi (Teaching/Training Plan)
· Til bilimini tasdiqlovchi asos (intervyu yoki sertifikat)
· Fakultet dekani tomonidan tasdiqlangan ariza
3) Lanzhou Universiteti (Xitoy Xalq Respublikasi)
Ishtirok etishi mumkin: Qo‘qon Universitetining barcha kafedralari professor-o‘qituvchilari.
Davomiylik: 1–2 hafta (kelishuv asosida).
Talablar:
· Ingliz tilini bilish (sertifikat talab etilmaydi);
· Xorijga chiqish pasportiga ega bo‘lish;
· Kafedra mudiri tavsiyanoma xati.
Faoliyat turi: ilmiy ma’ruzalar, metodik treninglar, stajirovkalar.
Ishtirok etish uchun talab qilinadi:
· Pasport nusxasi (xalqaro va milliy)
· Kafedra mudiri tavsiyanomasi
· CV (akademik formatda)
· Dars berish yoki trening dasturi (Teaching/Training Plan)
· Til bilimini tasdiqlovchi asos (intervyu yoki sertifikat)
· Fakultet dekani tomonidan tasdiqlangan ariza
Yaqin orada yangi xorijiy universitetlar ham “Xodimlar almashinuvi dasturi”ga qo‘shilishi kutilmoqda. Bu esa xalqaro hamkorlik imkoniyatlarini yanada kengaytiradi!
Kokand University | KU
Dec 10, 2025

