+(998) 73 545-55-55

"Kokand University"

Qo‘shma ta’lim dasturlari (Double / Joint Degree)

Qo‘shma ta’lim dasturlari (Double / Joint Degree)

Qo‘shma ta’lim dasturlari — Qo‘qon Universitetining xorijiy hamkor oliygohlari bilan hamkorlikda tashkil etilgan ikki diplomli (Double Degree) yoki qo‘shma (Joint Degree) o‘quv dasturlari bo‘lib, talabalar bir vaqtning o‘zida ikki universitetda o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Mazkur dasturlar bitiruvchilarga xalqaro tan olingan diplomga ega bo‘lish, xorijiy ta’lim tizimi va ilmiy yondashuvni bevosita o‘rganish, shuningdek, akademik va kasbiy faoliyatda yangi ufqlarni ochish imkonini beradi.

Umumiy talablar

Qo‘shma ta’lim dasturlarida ishtirok etish uchun nomzodlardan quyidagi talablar qo‘yiladi:

·         Qo‘qon Universitetining 2 yoki 3-bosqich bakalavr talabalari bo‘lish;

·         O‘qish davomida yuqori akademik ko‘rsatkich (GPA 3.0 va undan yuqori) ga ega bo‘lish;

·         Chet tili bo‘yicha yetarli darajadagi til bilimi (IELTS 6.0+) ga ega bo‘lish;

·         Faol ijtimoiy hayotda ishtirok etish, xalqaro almashinuvga tayyorlik va motivatsiya.

·         Dekanat tavsiyanomasi

Eslatma:

·         Dasturlar ro‘yxati va qabul sanalari yangilanish jarayonida.

·         Batafsil ma’lumot va ariza topshirish tartibi e’lon qilinishi bilanoq ushbu sahifada yangilanadi.

Kokand University | KU

Dec 10, 2025