Talabalar xalqaro amaliyoti (International Student Internship)
Talabalar xalqaro amaliyoti dasturi — Qo‘qon Universiteti talabalari uchun xorijiy davlatlardagi turizm, mehmonxona, servis, marketing va xizmat ko‘rsatish sohalarida amaliyot o‘tash imkonini beruvchi xalqaro dasturdir.
Mazkur dastur talabalarga xalqaro turizm industriyasi bilan bevosita tanishish, kasbiy ko‘nikmalarni amalda qo‘llash, xorijiy ish muhiti va madaniy muhitda tajriba orttirish imkonini beradi.
Dastur maqsadi
· Talabalarning nazariy bilimlarini amaliy tajriba bilan uyg‘unlashtirish;
· Xalqaro turizm bozorida ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish;
· Til, muloqot va xizmat ko‘rsatish madaniyatini rivojlantirish;
· Talabalarning xalqaro mehnat va ta’lim muhitiga moslashuvchanligini oshirish.
Mavjud amaliyot yo‘nalishlari:
1. Bolgariya – Turizm sub’yektlarida amaliyot
Qo‘qon Universiteti talabalarining Bolgariya Respublikasidagi mehmonxona, restoran, turistik agentlik va kurort markazlarida 2–3 oylik yozgi amaliyot o‘tash imkoniyati mavjud.
Faoliyat yo‘nalishlari: turizm boshqaruvi, mehmonxona xizmati, restoran servisi, mijozlar bilan ishlash, ekskursovodlik.
Muddat: 15 iyun – 15 sentabr oralig‘ida.
Talablar: chet tilini bilish (ingliz yoki rus), amaliy tajribaga qiziqish, xorijga chiqish pasporti.
Talabalar uchun umumiy shartlar va zarur hujjatlar ro‘yxati:
· Qo‘qon Universitetining 1–3-bosqich bakalavr talabalari;
· Chet tili darajasi kamida B1 (IELTS 5.0–6.0);
· Amaliyot davrida universitetning akademik intizomi va vakillik tamoyillariga rioya qilish;
· Xorijga chiqish pasporti va zarur hujjatlar mavjud bo‘lishi.
· Xalqaro va milliy pasport nusxasi (xalqaro)
· CV (Europass formati)
· Til sertifikati (agar mavjud bo‘lsa)
· Tavsiyanoma (fakultet dekani)
· Ariza (Xalqaro hamkorlik bo‘limi orqali)
2. Gretsiya – Turizm sub’yektlarida amaliyot
Talabalar Gretsiyaning eng mashhur orollari va kurort hududlarida joylashgan 4–5 yulduzli mehmonxona va turistik kompaniyalarda amaliyot o‘tash imkoniyatiga ega.
Faoliyat yo‘nalishlari: mehmonxona va restoran xizmati, ofis va front-desk, turizm boshqaruvi.
Muddat: iyun – sentabr oylarida.
Talablar: ingliz tili darajasi CEFR B1+, xizmat ko‘rsatish sohasiga qiziqish, faol muloqot ko‘nikmalari.
Talabalar uchun umumiy shartlar va zarur hujjatlar ro‘yxati:
· Qo‘qon Universitetining 1–3-bosqich bakalavr talabalari;
· Chet tili darajasi kamida B1 (IELTS 5.0–6.0);
· Amaliyot davrida universitetning akademik intizomi va vakillik tamoyillariga rioya qilish;
· Xorijga chiqish pasporti va zarur hujjatlar mavjud bo‘lishi.
· Xalqaro va milliy pasport nusxasi (xalqaro)
· CV (Europass formati)
· Til sertifikati (agar mavjud bo‘lsa)
· Tavsiyanoma (fakultet dekani)
· Ariza (Xalqaro hamkorlik bo‘limi orqali)
3. Ispaniya – Turizm sub’yektlarida amaliyot
Ispaniya Qirolligidagi turizm kompaniyalari, mehmonxonalar va restoranlarda o‘tkaziladigan amaliyot dasturi talabalar uchun Yevropa tajribasini o‘rganish imkonini beradi.
Faoliyat yo‘nalishlari: turizm va mehmonxona boshqaruvi, marketing, mijozlar bilan ishlash, ofis administratsiyasi.
Muddat: yozgi davr (iyun–sentabr).
Talablar: ingliz yoki ispan tili darajasi B1+, ijtimoiy faollik, tashabbuskorlik.
Talabalar uchun umumiy shartlar va zarur hujjatlar ro‘yxati:
· Qo‘qon Universitetining 1–3-bosqich bakalavr talabalari;
· Chet tili darajasi kamida B1 (IELTS 5.0–6.0);
· Amaliyot davrida universitetning akademik intizomi va vakillik tamoyillariga rioya qilish;
· Xorijga chiqish pasporti va zarur hujjatlar mavjud bo‘lishi.
· Xalqaro va milliy pasport nusxasi (xalqaro)
· CV (Europass formati)
· Til sertifikati (agar mavjud bo‘lsa)
· Tavsiyanoma (fakultet dekani)
· Ariza (Xalqaro hamkorlik bo‘limi orqali)
4. Portugaliya – Turizm sub’yektlarida amaliyot
Portugaliya Respublikasidagi turizm sohasiga ixtisoslashgan korxona va tashkilotlarda o‘tkaziladigan amaliyot dasturi talabalarga janubiy Yevropa mehmondo‘stligi bilan tanishish imkonini beradi.
Faoliyat yo‘nalishlari: mehmonxona boshqaruvi, marketing, turistik xizmatlar, mijozlar bilan ishlash.
Muddat: 15 iyun – 15 sentabr oralig‘ida.
Talablar: ingliz tili darajasi IELTS 5.5+, xorijga chiqish pasporti, ijobiy motivatsiya.
Talabalar uchun umumiy shartlar va zarur hujjatlar ro‘yxati:
· Qo‘qon Universitetining 1–3-bosqich bakalavr talabalari;
· Chet tili darajasi kamida B1 (IELTS 5.0–6.0);
· Amaliyot davrida universitetning akademik intizomi va vakillik tamoyillariga rioya qilish;
· Xorijga chiqish pasporti va zarur hujjatlar mavjud bo‘lishi.
· Xalqaro va milliy pasport nusxasi (xalqaro)
· CV (Europass formati)
· Til sertifikati (agar mavjud bo‘lsa)
· Tavsiyanoma (fakultet dekani)
· Ariza (Xalqaro hamkorlik bo‘limi orqali)
Yaqin orada dastur doirasiga yangi davlatlarning qo‘shilishi rejalashtirilgan. Bu esa xalqaro hamkorlik imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.!
Kokand University | KU
Dec 10, 2025

