Erasmus+ KA171: Talabalar uchun Kiprda akademik mobillik imkoniyati!
14.09.2026

Qo‘qon universiteti talabalari va professor-o‘qituvchilari diqqatiga!
Qo‘qon universiteti hamda CIM – Cyprus Business School (Nicosia, Cyprus) o‘rtasida tuzilgan Erasmus+ International Credit Mobility (KA171) dasturi doirasidagi 2026–2029-yillarga mo‘ljallangan Inter-Institutional Agreement (IIA) asosida akademik mobillik imkoniyatlari e’lon qilinadi.
Mazkur hamkorlik Buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish, moliya, bank va sug‘urta, menejment va ma`muriyat, marketing va reklama yo‘nalishlarini qamrab oladi.
Management and Administration, Marketing and Advertising yo‘nalishlarini qamrab oladi. MOBILLIK O‘RINLARI
|
Ishtirokchilar |
Mobillik turi |
O‘rin |
Muddati |
|
Talabalar |
Student Mobility for Studies |
1 nafar |
5 oy |
|
Professor-o‘qituvchilar |
Staff Mobility for Teaching |
1 nafar |
7 kun |
|
Professor-o‘qituvchilar |
Staff Mobility for Training |
2 nafar |
7 kun |
Ustuvor yo‘nalishlar
- 0411 — Buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish
- 0412 — Moliya, bank va sug‘urta
- 0413 — menejment va boshqaruv
- 0414 — Marketing and reklama
TALABALAR UCHUN
1 nafar Qo‘qon universiteti talabasi 2027-2028 akademik yil, 1-semestrida CIM – Cyprus Business School (Nicosia, Cyprus)ga borib 1 semestr tahsil olib kelishlari mumkin
Ishtirok etish talablari
Nomzod:
- Qo‘qon universitetining kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan bakalavriat yoki magistratura talabasi bo‘lishi;
- bitiruvchi kursda bo‘lmasligi;
- Erasmus+/LLP dasturlari doirasida ayni ta’lim bosqichidagi umumiy mobillik muddati 12 oydan oshmasligi;
- bakalavriat talabalari uchun GPA kamida 3.00/4.00;
- magistratura talabalari uchun GPA kamida 3.00/4.00;
- ingliz tilini kamida B2 darajada bilishini tasdiqlovchi hujjatga ega bo‘lishi lozim.
Shuningdek, Qo‘qon universitetining Akademik mobillik to‘g‘risidagi Nizomiga muvofiq, bakalavriat talabalari, agar dasturda boshqacha talab belgilanmagan bo‘lsa, kamida 1-kursni tamomlagan bo‘lishi kerak. Tanlov qanday amalga oshiriladi?
Nomzodlar Qo‘qon universitetining Akademik mobillik to‘g‘risidagi Nizomida belgilangan 100 ballik baholash tizimi asosida saralanadi.
Bakalavriat talabalari uchun asosiy mezonlar:
- GPA — 30 ball
- Chet tili — 25 ball
- Akademik faollik — 15 ball
- Noakademik faollik — 15 ball
- Yutuqlar va iste’dod — 10 ball
- Motivatsion xat va intervyu — 5 ball
Magistratura talabalari uchun esa akademik va ilmiy faollikka yuqoriroq ustuvorlik beriladi.
HUJJATLARNI TOPSHIRISH
Hujjatlarni topshirish manzili:
Qo‘qon universiteti — Xalqaro hamkorlik departamenti
Hujjat topshirish muddati:
20.10.2026
Mas’ul bo‘lim:
Qo‘qon universiteti Xalqaro hamkorlik departamenti
📧 E-mail: u.mamadaliev@kokanduni.uz
📧 E-mail: shsaidov@kokanduni.uz
